Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda internet tezligi biroz oshdi

O‘zbekistonda internet tezligi biroz oshdi

Foto: «serfery.ru»

«Speedtest Global Index» har oy dunyo bo‘ylab simsiz va simli internet tezligi reytingini e’lon qilib boradi. Ushbu reytingga ko‘ra, iyun oyida O‘zbekistondagi mobil internet tezligi hamon 124 davlat orasidan 113-o‘rindaligicha qolmoqda (8,95 Mbit/s).

Simli internet tezligi bo‘yicha esa O‘zbekiston bir o‘ringa yuqorilagan va 7,10 Mbit/s tezlik bilan 133ta davlat orasida 126-o‘rinni egallagan.

Eng so‘nggi o‘rinlarni mobil internet bo‘yicha Afg‘oniston (6,14), Tojikiston (5,13), Liviya (4,62), simli internet bo‘yicha esa Mozambik (5,71), Venesuela (3,96), va Algeriya (3,86) egallagan.
Eng yuqori tezlik esa mobil internet bo‘yicha Qatarda (63,22), simli internet bo‘yicha esa Singapurda (180,57) qayd etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring