O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 98 mingdan oshdi

2021 yil 21 may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 98164 (+308) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 6 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 5 nafari Andijon viloyatida,
- 2 nafari Buxoro viloyatida,
- 4 nafari Jizzax viloyatida,
- 3 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 3 nafari Navoiy viloyatida,
- 6 nafari Namangan viloyatida,
- 38 nafari Samarqand viloyatida,
- 5 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 1 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 11 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 3 nafari Xorazm viloyatida,
- 49 nafari Toshkent viloyatida,
- 172 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kasallikdan sog‘ayganlar jami 93633 (+294) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 680 nafarni tashkil qildi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3851 nafar bemor davolanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter