Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vazirlik: koronavirusga qarshi vaksina sinovlari qamrovi kengaytirildi

Vazirlik: koronavirusga qarshi vaksina sinovlari qamrovi kengaytirildi

Innovatsion rivojlanish vazirligi axborot xizmati Xitoyning Zhifei Loncom Biofarmaceutical kompaniyasi tomonidan yaratilgan ZF 2001 vaksinasining uchinchi sinov bosqichlari davom etayotganini ma’lum qildi. Tadqiqotda avval xabar berilganidek 5 ming nafar ko‘ngilli emas, 9 ming nafar ko‘ngilli ishtirok etmoqda. 

Tadqiqot ko‘lamining kengaytirilishiga sabab, birinchidan, tadqiqot ishtirokchilari sonining ikkinchi va uchinchi doza emlash bosqichida kamayish ehtimoli mavjudligidadir. Ikkinchidan, O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat barqarorlashgani bois, koronavirusning vaksina olganlarga ta’sirini o‘rganish qiyinlashmoqda. Negaki, vaksinaning ta’siri organizmga virus ta’sir qilganda aniqlanadi.

O‘z navbatida, vaksina sinovlarida ishtirok etayotgan ko‘ngillilarning yarmi vaksina emas, platsebo olayotganini ham eslatib o‘tilmoqdak.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring