Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda milliy emlash kalendariga qanday vaksinalar kiritilgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda milliy emlash kalendariga qanday vaksinalar kiritilgani ma’lum qilindi

Foto: SSV matbuot xizmati

Yurtimizda joriy yil koronavirus infeksiyasiga qarshi aholini ommaviy emlash jarayoni o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Xo‘sh,  mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimi immunizatsiya va vaksinatsiya tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha qanday amaliy tajribaga ega? SSV matbuot xizmati ushbu savol bilan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Botir Qurbonovga murojaat qildi.

Qayd etilishicha, mamlakatimizda milliy emlash kalendaridagi 13 turdagi yuqumli kasalliklarga qarshi vaksinalarni xarid qilish to‘liq davlat budjetidan qoplanadi. 2020-yilda ham ana shu vaksinalarni xarid qilish 100 foiz davlat budjetidan amalga oshirildi.

Jahon tajribasiga tayanib, sog‘liqni saqlash tizimida bosqichma-bosqich  amaliyotga  yangi  vaksinalar kiritilmoqda, masalan:

  • 2001-yil  chaqaloqlarni virusli gepatit V ga qarshi emlash;
  • 2007-yil qizamiq-parotit-qizilchaga qarshi uch valentli  KPK vaksina bilan emlash;
  • 2009-yil penta-valent (AKDS+VGV+XIB) vaksina bilan bolalarni 2-3-4 oylikda emlash;
  • 2014-yil rotavirus infeksiyasiga qarshi bolalarni 2 va 3 oyligida emlash;
  • 2016-yil pnevmokokk infeksiyasiga qarshi emlash;
  • 2018-yil faolligi kamaytirilgan  poliomiyelit vaksina bilan bolalarni 4 oylikda  emlash  (IPV);
  • 2019-yil Respublikada 9 yoshdagi qiz bolalarni odam papilloma virusiga qarshi emlash.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan berilgan tavsiyalarga muvofiq, har yili o‘tkir bo‘shashgan sholni epidemiologik nazorati o‘rnatilgan tartibda olib boriladi.

O‘tkir bo‘shashgan sholga gumon etilgan har bir bemordan namuna olib, akkreditatsiyadan o‘tgan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining virusologiya laboratoriyasida tekshiruvlar o‘tkaziladi.

Respublikada 1994 yildan  poliomiyelitga qarshi ommaviy emlash kunlari  va 8 ta chegaradosh viloyatlarda tozalash usulida poliomiyelitga qarshi emlash kunlari o‘tkazib kelinmoqda. 

Shulardan kelib chiqib, mamlakatimizda immunizatsiya va vaksinatsiya tadbirlarini yuqorida darajada  tashkil etish borasida amaliy tajriba va yetarli shart-sharoitlar mavjudligi, yuqumli kasalliklar bo‘yicha epidemik barqarorlik ta’minlangani qayd etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring