O‘zbekistonda og‘ir yuk ko‘taruvchi samosval vagonlar ishlab chiqariladi

2024-yil 21-noyabr kuni «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ, «Andijon mexanika zavodi» AJ hamda «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ hamkorligida «Sanoat uchburchagi» sanoat yarmarkasi doirasida umumiy qiymati 501,76 mlrd so‘mlik loyihani amalga oshirish bo‘yicha memorandum imzolangan edi.
Ushbu loyiha doirasida 6 o‘qli, 115 tonna yuk ko‘taruvchi dumpkar-samosval vagonlarini loyihalash, ishlab chiqarish va 2025 yilda yetkazib berish ko‘zda tutilgan.
Loyiha «Olmaliq tog‘-kon metallurgiya kombinati» hamda «Olmaliq quyuq mexanika zavodi» bilan qo‘shma tarzda mahalliylashtirildi. Ushbu yo‘nalishdagi ilk vagonni O‘zbekiston mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan 2025 yil avgust oyida jo‘natish rejalashtirilgan.
Shuningdek, «Navoiyuran» DK buyurtmasiga asosan 2025 yil davomida 45 dona 15−9724 va 15−9724−04 rusumli vagon-sisternalar ishlab chiqarilib, qiymati 59 mlrd so‘m miqdoridagi mahsulot yetkazib berildi. Ayni vaqtda ularning 10 donasi foydalanishga topshirilgan.
Mahalliylashtirilgan mahsulotlar eksport ham qilinmoqda. Xususan, Turkmanistonning Ege Logistika kompaniyasi bilan tuzilgan shartnoma asosida, umumiy qiymati 4,452 mln dollar bo‘lgan 56 dona 15−9721 rusumli neft mahsulotlari tashuvchi vagon sisternalar yetkazib berilmoqda. Hozirda ushbu kompaniyaga 6 dona vagon (477 ming dollar) jo‘natilgan. Shuningdek, turkmanistonlik tadbirkor B. Polliyevga ham shuncha miqdorda eksport amalga oshirilmoqda.
Qozog‘istonning Kazsink Temir Trans kompaniyasi uchun esa O‘zbekiston hududida qayta ishlangan, oltingugurt kislotasini tashuvchi 10 dona vagon-sisternalar eksport qilinmoqda. Shartnoma qiymati 301 ming dollarga teng.
Manba: railway.uz
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter