O‘zbekistonda oliy ta’lim qamrovi keskin oshdi

O‘zbekistonda oliy ta’limga qamrov 40,9 foizga oshgan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yili boshiga O‘zbekiston Respublikasining 18-23 yoshdagi aholisini oliy ta’lim bilan qamrab olish ko‘rsatkichi 47,7 % ni tashkil qilgan.
Bu ko‘rsatkich 2014-yil bilan solishtirilganda 40,9 % ga oshgan.
18-23 yoshdagi aholini oliy ta’lim bilan qamrab olish ko‘rsatkichi yillar kesimida quyidagicha:
2014-yil - 6,8 %
2015-yil - 7,0 %
2016-yil - 7,2 %
2017-yil - 8,3 %
2018-yil - 10,6 %
2019-yil - 13,3 %
2020-yil - 18,7 %
2021-yil - 28,2 %
2022-yil - 36,6 %
2023-yil - 45,9 %
2024-yil - 47,7 %
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter