Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi

O‘zbekistonda o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2025/2026-o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan talabalar o‘qishini respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkaziladigan maxsus sinovlar bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi.

Ushbu o‘tish ballari joriy yilda ham tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning takliflari asosida shakllantirilgan.

Maxsus sinovlar yo‘nalishlar kesimida belgilangan bo‘lib, ular quyidagi tartibda tasdiqlangan:

Ta’lim

  • Ta’lim: 94 ball

San’at va gumanitar fanlar

  • San’at: 93 ball
  • Gumanitar fanlar (tillardan tashqari): 94 ball
  • Tillar: 94 ball

Ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot

  • Ijtimoiy va xulq atvorga mansub fanlar: 105 ball
  • Jurnalistika va axborot: 105 ball

Biznes, boshqaruv va huquq

  • Biznes va boshqaruv: 94 ball
  • Huquq: 165 ball

Tabiiy fanlar, matematika va statistika

  • Biologiya va turdosh fanlar: 80 ball
  • Atrof-muhit: 94 ball
  • Fizika va tabiiy fanlar: 94 ball
  • Matematika va statistika: 94 ball

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari

  • Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari: 94 ball

Muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalari

  • Muhandislik ishi: 75 ball
  • Ishlab chiqarish va ishlov berish sohalari: 75 ball
  • Arxitektura va qurilish: 75 ball

Qishloq, o‘rmon, baliq xo‘jaligi va veterinariya

  • Qishloq xo‘jaligi: 70 ball
  • O‘rmon xo‘jaligi: 70 ball
  • Baliq xo‘jaligi: 70 ball
  • Veterinariya: 60 ball

Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot

  • Sog‘liqni saqlash: 129 ball
  • Ijtimoiy ta’minot: 94 ball

Xizmatlar sohasi

  • Xizmat ko‘rsatish sohasi: 80 ball
  • Gigiyena va mehnat muhofazasi: 70 ball
  • Transport xizmatlari: 104 ball

Eslatib o‘tamiz, ushbu ballar xorijiy va nodavlat OTMlardan O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirishni istagan talabalar uchun belgilangan. Ularning asosida maxsus test sinovlari o‘tkaziladi va har bir soha uchun belgilangan minimal o‘tish ballidan yuqori natija talab etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring