O‘zbekistonda paxta uchun yagona narx belgilanmadi

O‘zbekistonda paxta xom ashyosi narxi talab va taklifdan kelib chiqib tomonlar kelishuvi asosida belgilanadi. Bu haqda UzA xabar berdi.
Qayd etilishicha, paxta xom ashyosining narxi bozor iqtisodiyoti talablariga muvofiq, har bir hududda o‘sha hududdagi yerning holati, paxta yetishtirishga yo‘naltirilgan sarf-xarajatlar, bozordagi talab va taklifdan kelib chiqib, bevosita oluvchi va sotuvchi tomonlarning o‘zaro kelishuvi asosida belgilanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda paxta terimi uchun yangi to‘lov narxlari e’lon qilingani, unda 1 kilogramm paxta uchun birinchi terimda 2100 so‘mdan, ikkinchi terimda 2600 so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda haq to‘lanishi belgilangani haqidagi xabarlar paydo bo‘lgan edi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi esa bunday xabarlar asossiz ekanini ma’lum qilib, ayni kunlarda paxta terimiga narx belgilash bo‘yicha ishlar vazirliklar bilan kelishuv jarayonidaligini bildirgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter