Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda «Real Madrid» klubi ishtirokidagi dasturning ochilish marosimi o‘tkazildi

O‘zbekistonda «Real Madrid» klubi ishtirokidagi dasturning ochilish marosimi o‘tkazildi

Foto: «the-uff.com»

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi va «Real Madrid» klubi akademiyasi o‘rtasidagi kelishuvga asosan yurtimizda «Real Madrid Foundation Clinic» dasturini ishga tushirish bo‘yicha dastlabki harakatlar boshlangani haqida xabar bergan edik.

Ana shu dasturga asosan poytaxtimizga «Qirollik klubi»ning 3 nafar murabbiyi — Karlos Albert, Manuel Aguado Xil va Ektor Visente tashrif buyurishgan.

Bugun, 3-iyun kuni «Bunyodkor» stadionida «Real Madrid Foundation Clinic» dasturining ochilishi bo‘lib o‘tdi. Ochilish marosimida Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov, «Real Madrid» klubi murabbiylari va boshqa mutassaddilar ishtirok etishdi. 

Ispaniyalik mutaxassislar O‘FA bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilayotgan ushbu dastur kelajakda o‘zbek futboliga foydasi tegishiga ishonchlari komil ekanini ta’kidlab, bu borada qo‘llaridan kelgancha yordam berishga tayyor ekanliklarini aytib o‘tishdi.

«Real Madrid» klubi murabbiylari yurtimizda 16-iyun kuniga qadar amaliy tadbirlar o‘tkazishadi. Tadbirlar davomida bolalar bilan turli master klasslar, nazorat uchrashuvlari, «Summer cup» turniri va boshqa musobaqalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring