Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda shaharlararo avtobuslarning tunda harakatlanishiga yana ruxsat berildi

O‘zbekistonda shaharlararo avtobuslarning tunda harakatlanishiga yana ruxsat berildi

Foto: «Spot.uz»

O‘zbekistonda 15 yil o‘tib, shaharlararo avtobuslarning kechasi harakatlanishiga yana ruxsat berildi. Bu haqda «Spot» Vazirlar Mahkamasi qaroriga tayanib xabar berdi.

Hujjat orqali 2003 yildan buyon shaharlararo avtobuslarning tungi reyslarni amalga oshirishiga qo‘yilgan taqiq bekor qilinadi.

Bundan tashqari, endi agar turistik avtobuslar tegishli xavfsizlik talablariga javob bersa, kolonna hamrohligidan ozod etiladi. Xavfsizlik talablariga esa avtobusda «GPS» tizimi, qorong‘uda ko‘zga tashlanuvchi maxsus rangli chiziq bo‘lishi, shuningdek, ikki nafar haydovchi va ularning mobil telefoni faol bo‘lishi kabilar kiritildi.

Yana bir o‘zgarish shundan iboratki, normativ hujjatlarga to‘liq javob bermaydigan yo‘llardan yurishda yo‘l harakati xavfsizligi hududiy komissiyasi tomonidan ruxsatnoma olish amaliyoti ham bekor qilinadi. Endilikda respublika bo‘ylab turistik yo‘nalishlarni belgilashda mazkur komissiya bilan kelishish shart emas. ​

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring