O‘zbekistonda yana 4 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi

2020 yil 26 aprel soat 18:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1869 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.
Bugun, 2020 yil 26 aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 1865 nafarga yetgani xabar qilingan edi. O‘tgan soatlar davomida yana to‘rt nafar hamyurtimizda kasallik aniqlangan.
Eslatib o‘tamiz, yurtimizda koronavirusdan tuzalganlar soni bugun 765 nafarga yetdi. Sakkiz kishi kasallikdan vafot etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter