Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda yana bir faxriy unvon ta’sis etildi

O‘zbekistonda yana bir faxriy unvon ta’sis etildi

O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor» faxriy unvonini ta’sis etish to‘g‘risida»gi O‘RQ-952-son qonuni qabul qilindi.

Mazkur hujjat bilan «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor» faxriy unvoni ta’sis etildi.

Faxriy unvon biznesning yangi, yuqori daromadli yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘ygan, sohaga innovatsiyalarni keng joriy qilish, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish, eksport salohiyatini oshirish, xorijiy va mahalliy investitsiyalarni faol jalb qilish, yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish hamda aholi farovonligini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan, shuningdek, o‘z faoliyati davomida davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshirib, ijtimoiy loyihalardagi faolligi bilan boshqalarga namuna bo‘layotgan, biznes yuritishda katta tajribaga ega, ilg‘or va tashabbuskor tadbirkorlik sub’yektlari rahbarlari va ta’sischilariga beriladi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kun – 2024-yilning 3-sentyabridan kuchga kirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring