Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Boshlangan haftada iliq ob-havo hukmron bo‘lishi kutilmoqda

Boshlangan haftada iliq ob-havo hukmron bo‘lishi kutilmoqda

Foto:«Xabar.uz»

Respublika Gidrometeorologiya xizmati boshlangan haftada kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.  

Bugun O‘zbekiston bo‘yicha ochiq va juda iliq ob-havo saqlanib turadi. Kunduz kuni havo harorati 7-12 daraja iliqqacha isiydi, bu me’yordan 4-5 darajaga yuqoridir. Respublika bo‘yicha iliq havo massalari kirib kelishida ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Ertaga respublika hududlarining ko‘p qismida quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, shuningdek ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 2 daraja sovuq – 3 daraja iliqni, kunduz kuni 5-10 daraja iliqni tashkil etadi. Faqat respublikaning shimoliy hududlariga Kavkaz hududlaridan salqin va biroz nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatining ba’zi joylarida biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin.

13-yanvarda havo massalarining kirib kelish fronti sharqqa qarab siljiydi, kechalari Toshkent viloyatida, shuningdek Toshkent, Namangan viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarining ba’zi joylarida biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 2 daraja sovuq – 3 daraja iliqni, kunduz kuni 3-8 daraja iliqni tashkil etadi, bu iqlimiy me’yorlardan deyarli kam bo‘ladi. 14 yanvarda O‘zbekistonda yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kechasi 0-5 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduzi esa ko‘tariladi va 5-10 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

15-yanvarda respublika bo‘yicha Erondan juda iliq havo massalari kirib kelishi boshlanadi, O‘zbekistonda quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda va havo harorati kechasi 2-5 daraja iliqgacha, ba’zi joylarda ayniqsa sovuq kuchli bo‘ladigan hududlarda 0-2 daraja sovuqqacha, kunduzi 10-15 daraja issiqqacha ko‘tariladi, bu me’yordan 5-7 darajaga yuqoridir.

Butun ish xafta davomida respublikaning ba’zi joylarida tumanlar kuzatiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring