O‘zbekistonga kelayotgan hindistonliklar ko‘paymoqda

O‘zbekistonga kelayotgan hindistonliklar ko‘paymoqda.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-may oylarida jami 28,5 ming nafar Hindiston fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 5,3 ming nafarga yoki 22,7 % ga oshgan.
Joriy yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonga tashrif buyurgan Hindiston fuqarolari safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha:
sayyohlik – 17 956 nafar
xizmat yuzasidan – 7 557 nafar
o‘qish – 2 710 nafar
qarindoshlarni yo‘qlash – 253 nafar
tijorat – 10 nafar
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter