Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonga sayyohlar tashrifi salkam 50 foizga oshdi

O‘zbekistonga sayyohlar tashrifi salkam 50 foizga oshdi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekistonga sayyohlar tashrifi salkam 50 foizga oshdi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-may oylarida 4,2 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,4 mln nafarga yoki 48,2 foizga oshgan.

Turistlarning mamlakatlar bo‘yicha taqsimoti quyidagicha:

Qirg‘iz Respublikasi –1 280,1 ming nafar

Tojikiston – 993,7 ming nafar

Qozog‘iston – 889,6 ming nafar

Rossiya – 334,3 ming nafar

Afg‘oniston – 199,2 ming nafar

Turkmaniston – 142,5 ming nafar

Turkiya – 65,8 ming nafar

Xitoy – 51,9 ming nafar

Hindiston – 28,5 ming nafar

Italiya – 17,4 ming nafar

Boshqa davlatlar – 201,1 ming nafar. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring