O‘zbekistonga to‘rt oyda qariyb 7 ming yaponiyalik sayohatchi kelgan

2025-yilning yanvar-aprel oylarida jami 6,8 ming nafar Yaponiya fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,4 ming nafarga yoki 53,4 foizga oshgan.
Joriy yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonga tashrif buyurgan Yaponiya fuqarolari safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha:
- sayyohlik — 5 944 nafar;
- qarindoshlarni yo‘qlash — 589 nafar;
- xizmat yuzasidan — 221 nafar;
- o‘qish — 28 nafar;
- tijorat — 1 nafar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter