Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonga xorijdan qancha pul o‘tkazilgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonga xorijdan qancha pul o‘tkazilgani ma’lum bo‘ldi

Foto: «Xabar.uz»

Markaziy bank 2018-yilning 9 oyi uchun O‘zbekiston Respublikasining to‘lov balansi, xalqaro investitsion pozitsiyasi va tashqi qarziga oid hisobotni e’lon qilgani haqida xabar bergandik.

Hisobotga ko‘ra, 2018-yilning 9 oyi mobaynida xorijdan O‘zbekistonga pul jo‘natmalari hajmi 3,8 mlrd dollarni tashkil etdi. Shundan qariyb 77 foizi Rossiyadan yuborildi. Mazkur davr mobaynida mamlakatga 1 mlrd dollar naqd pul olib kelingan.

Ushbu davr mobaynida eng ko‘p pul jo‘natmalari Rossiyadan yuborilgan — 2,96 mlrd dollar. Bundan tashqari Qozog‘istondan — 247 mln, Turkiyadan — 155 mln, AQShdan — 138 mln va Janubiy Koreyadan — 77 mln dollar pul jo‘natmalari amalga oshirilgan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring