O‘zbekistonlik bokschilar Jahon kubogida birinchi o‘rinni egalladi

O‘zbekistonlik bokschilar Jahon kubogida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi.
Braziliyaning Fors-du-Iguasu shahrida boks bo‘yicha Jahon kubogi bo‘lib o‘tdi. World Boxing tomonidan tashkil etilgan musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, 5 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Shubhasiz, bunday natija bilan yigitlarimiz umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi.
Oltin medal:
-50 kg: Asilbek Jalilov
-75 kg: Fazliddin Erkinboyev
-80 kg: Javohir Ummataliyev
-90 kg: To‘rabek Habibullayev
+90 kg: Jahongir Zokirov
Kumush medal:
-55 kg: Mirazizbek Mirzahalilov
-85 kg: Akmaljon Isroilov
Bronza medal:
-60 kg: Madiyar Daniyarov
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter