Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik butun boshli oila Qozog‘istonda gazdan zaharlanib, vafot etdi

O‘zbekistonlik butun boshli oila Qozog‘istonda gazdan zaharlanib, vafot etdi

Joriy yilning 2 mart kuni Qozog‘iston Respublikasi, Mang‘istau viloyati Munayli tumani Basquduq qishlog‘idagi xususiy uyda bir oilaning zaharlanish holati qayd etildi. Yordam ko‘rsatish uchun yetib kelgan qutqaruvchilar va tez tibbiy yordam brigadalari voqea joyida yetti kishini topdi, ularning besh nafari voyaga yetmaganlar bo‘lib, barchasi joyida vafot etgan.

Mang‘istau viloyati Favqulodda vaziyatlar departamentining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, fojia gaz uskunalaridan foydalanish qoidalarining buzilishi oqibatida yuz bergan. Aniqlanishicha, halok bo‘lganlar O‘zbekiston fuqarolari bo‘lib, ularning Qozog‘iston Respublikasida vaqtinchalik yashashga ruxsatnomasi bo‘lgan.

Favqulodda holat sabablarini tekshirish uchun Mang‘istau viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Yerbol Izbergenov boshchiligidagi komissiya tuzilgan.

Viloyat hokimligi tomonidan ma’lum qilinishicha, halok bo‘lgan oilaning qarindoshlariga, jumladan, dafn marosimini tashkil etishda ham har tomonlama yordam ko‘rsatiladi.

Vaziyat Mang‘istau viloyati hokimining shaxsiy nazoratida bo‘lib turgan xabar qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring