Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik dzyudochilar Osiyo chempionatining yakkalik bahslarida ikkinchi o‘rinni egallashdi

O‘zbekistonlik dzyudochilar Osiyo chempionatining yakkalik bahslarida ikkinchi o‘rinni egallashdi

Taylandda bo‘lib o‘tayotgan dzyudo bo‘yicha Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetib bormoqda. Musobaqaning so‘nggi kunlarida og‘ir vazn toifalarida g‘oliblar aniqlandi.

-90 kg vazn toifasidagi final bahsida ikki nafar o‘zbekistonlik — Shahzodxo‘ja Sharipov va Nurbek Murtazayev o‘zaro bellashishdi. G‘alaba Sharipovga nasib etdi va u oltin medalga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, ayollar o‘rtasidagi -78 kg vaznda Marjona Ko‘chimova bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa, o‘zbekistonlik dzyudochilar yakka tartibdagi bellashuvlarni 2 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza jami 7 ta medal bilan yakunlashdi. Bu natija bilan O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyadan so‘ng umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi.

Ertaga chempionat doirasida aralash jamoaviy dastur bo‘yicha bellashuvlar bo‘lib o‘tadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring