Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonliklar 7 oyda qariyb 54 tonna fransuz muzqaymog‘ini tanovul qilgan

O‘zbekistonliklar 7 oyda qariyb 54 tonna fransuz muzqaymog‘ini tanovul qilgan

2024-yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 7,5 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlarini import qilgan.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilning 7 oyida O‘zbekistonga import qilingan muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlarinining eng katta ulushiga ega bo‘lgan davlatlar:

  • Rossiya – 968 tonna
  • Qozog‘iston – 618 tonna
  • Fransiya – 53,8 tonna
  • Belarus R. – 36,7 tonna
  • Litva – 17,4 tonna

Ma’lumot uchun, 2022-yilda O‘zbekiston 11 ta xorijiy davlatdan qiymati 5,5 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 1,2 ming tonna muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlarini import qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring