Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ukraina katta miqdordagi tashqi qarzini uzdi

Ukraina katta miqdordagi tashqi qarzini uzdi

Ukraina avgustda tashqi davlat qarzini so‘ndirish uchun 1 mlrd dollardan ortiq mablag‘ yo‘naltirdi.

Ushbu mablag‘dan $392,4 mln — Xalqaro valyuta jamg‘armasi, $266 mln — Jahon banki, qolgan $458,1 mln — boshqa tashqi qarz beruvchilar, jumladan, $130 mln YaIMga bog‘langan yevrobond egalariga o‘tkazilgan.

Ukraina yanvar–avgust oylari davomida tashqi kreditorlardan jami $4,6 mlrd qarzini uzgan. Solishtirish uchun: 2022-yilning shu davrida bu mablag‘ $2,8 mlrd edi.

Mamlakatning jami davlat qarzi iyul oyi oxirida $155,4 mlrdni tashkil qilgan, shuning 113 mlrd dollari tashqi qarz sanaladi.

Ukrainaga eng ko‘p qarz berganlar — Yevropa Ittifoqi ($40 mlrd), XVJ ($16,5 mlrd), Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ($14,7 mlrd) va Kanada ($5 mlrd).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring