Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonliklar to‘rt oyda 133 mln dollarlik shakar va shakar xomashyosini import qilgan

O‘zbekistonliklar to‘rt oyda 133 mln dollarlik shakar va shakar xomashyosini import qilgan

2025-yilning 1-may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonga shakar va konditer mahsulotlari umumiy qiymati 223,9 million AQSh dollari miqdorida import qilingan. Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 25,9 foizga kamayganini ko‘rsatmoqda.

Ayniqsa, shakar va shakar xomashyosi bo‘yicha keskin pasayish kuzatilgan. Agar o‘tgan yili shu davrda bu mahsulotlar uchun 208,5 million dollar sarflangan bo‘lsa, joriy yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 133,3 million dollarni tashkil qilgan, ya’ni 36,1 foizlik kamayish qayd etilgan.

Hisobot davrida importi keskin kamaygan mahsulotlar, jumladan:

  • Shakar va shakar xomashyosi  (36,1 foizga kamaygan);
  • Kakao kukuni  (13,8 foizga kamaygan);
  • Karamelli shirinliklar  (13,7 foizga kamaygan);
  • Saqich  (15,9 foizga kamaygan);
  • Oq shokolad  (16,2 foizga kamaygan);
  • Kakao yog‘i  (92,8 foizga kamaygan);
  • Shinni   (70,9 foizga kamaygan).

2025-yilning 1-may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonga alkogolsiz ichimliklar umumiy qiymati 43,9 million AQSh dollari miqdorida import qilingan. Bu ko‘rsatkich 2024 yilning shu davri bilan solishtirilganda 26,3 foizga kamayganini ko‘rsatmoqda.

Importdagi eng katta qismini tashkil qilgan mahsulotlardan biri — shakarli gazlangan ichimliklar hisoblanadi. Joriy yilning yanvar–aprel oylarida ushbu mahsulotlar qiymati 36 million AQSh dollarini tashkil etgan bo‘lib, bu ham o‘tgan yilga nisbatan 30,1 foizga kamayganini anglatadi.

Yuqoridagi tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, 2025-yilning dastlabki to‘rt oyida O‘zbekistonga shakar, konditer mahsulotlari hamda alkogolsiz ichimliklar importi sezilarli darajada kamaygan.

Bu holat mamlakatda import o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarish salohiyatining ortib borayotganini anglatishi mumkin. Shu bilan birga, aholining iste’mol odatlari o‘zgarib, sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishning kuchaygani ham ushbu tendensiyaga sabab bo‘lgan omillardan biridir.

Manba: proreforms.uz

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring