Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonliklarga Qozog‘istonda ro‘yxatdan o‘tmasdan qolish muddati uzaytirildi

O‘zbekistonliklarga Qozog‘istonda ro‘yxatdan o‘tmasdan qolish muddati uzaytirildi

O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumatlari o‘rtasida o‘rtasidagi «Fuqarolarning o‘zaro kelib-ketish shartlari to‘g‘risida»gi Bitimga o‘zgartirish kiritilib, O‘zbekiston fuqarolarining ushbu davlatga kirishi, bo‘lishi va chiqib ketishi tartibi o‘zgardi.

Endilikda, O‘zbekiston fuqarolari chegarani kesib o‘tgan kundan boshlab 30 kalendar kun davomida Qozog‘istonda ro‘yxatdan o‘tmasdan bo‘lishi mumkin.

Ammo, umumiy bo‘lish muddati 180 kalendar kuni davomida 90 kalendar kundan, ya’ni 6 oy davomida 3 marta kirib-chiqishi va jami bo‘lish muddati 3 oydan ko‘p bo‘lmasligi kerak.

Ushbu yangi qoida Qozog‘istonga 2023-yil 27-yanvardan keyin kirgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonga ishlash maqsadida boruvchi O‘zbekiston fuqarolari uchun 1 oy davomida ish beruvchi bilan mehnat shartnomasini tuzgach, uni Xalqqa xizmat ko‘rsatish markazida ro‘yxatga kiritib, 3 oy muddat uchun ruxsatnoma olish yoki salohiyatli ish beruvchilar tomonidan kvota asosida ishga jalb qilish tartibi mavjud. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring