Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi

O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi

O‘zbekiston Respublikasining Moskvadagi elchixonasi barcha o‘zbekistonlik fuqarolarni Rossiya Federatsiyasi hududida amalda bo‘lgan jamoat xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilishga, Rossiya va Ukrainaning chegaradosh hududlariga sayohat qilmaslikka, odamlar gavjum joylarga tashrif buyurmaslikka chaqirdi.

Axborot maydonida tarqatilayotgan tasdiqlanmagan ma’lumotlarga berilmaslik va mamlakat rasmiy vakillarining ko‘rsatmalariga amal qilishni so‘raymiz. Sizga qulaylik yaratish maqsadida mamlakatimizning Rossiyadagi barcha diplomatik vakolatxonalari to‘liq ish rejimida ishlaydi”, – deyiladi elchixona xabarida.

Zarur hollarda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan O‘zbekistonning Moskva shahridagi elchixonasining yagona Call-markaziga zudlik bilan murojaat qilishlarini so‘raymiz: +7-499 230-00-76, +7-499 238-36-20.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring