Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning 2 samolyoti Sochi aeroportiga qo‘nolmadi

O‘zbekistonning 2 samolyoti Sochi aeroportiga qo‘nolmadi

Kuchli yomg‘ir va shamol tufayli O‘zbekistonning 2 ta va Moskvaning 1 ta samolyoti Sochi aeroportiga qo‘na olmagan va zaxira aerodromga yo‘naltirilgan.

Sochi rahbariyatining aytishicha, kurort shaharda kuchli yomg‘ir va shamol, noqulay ob-havo barqaror holatga kelguncha samolyotlar parvoziga ruxsat berilmaydi.

Bundan tashqari, ob-havo tufayli shahar va kommunal xizmatlar qat’iy ish tartibiga o‘tkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha Minskdan uchgan O‘zbekistonning yana bir samolyoti bomba haqidagi yolg‘on xabardan keyin Moskvaga favqulodda qo‘ngandi. Bugun u Toshkentga yetib kelgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring