O‘zbekistonning BAA hamda Qatarga qarshi o‘yinlarini kimlar boshqarishi aniq bo‘ldi

O‘zbekiston milliy terma jamoasining BAA hamda Qatarga qarshi uchrashuvlari uchun hakamlar ma’lum bo‘ldi.
Milliy jamoa iyun oyida 2026-yilgi Jahon chempionati 3-saralash bosqichi doirasida BAA va Qatar terma jamoalariga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
BAA – O‘zbekiston uchrashuvini avstraliyalik Shon Evans boshqarib boradi, unga qanotlarda hamyurtlari Jorj Lakrindis va Ouen Goldrik yordam beradi. 4-rasmiy hakam sifatida Jonatan Barreyro, VARda esa Aleksandr King ishlaydi.
Shuningdek, O‘zbekiston – Qatar uchrashuvi xitoylik hakamlar brigadasiga ishonib topshirilgan. Bosh hakam – Ma Ning, unga qanotlarda Jou Fei va Jang Cheng yordam beradi. 4-rasmiy hakam Jin Jingyuan, VARda esa Fu Ming faoliyat olib boradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter