Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning Belarusdagi elchisi o‘zgardi

O‘zbekistonning Belarusdagi elchisi o‘zgardi

Rahmatulla Nazarov O‘zbekistonning Belarusdagi elchisi etib tayinlandi.

Bungacha u elchixona maslahatchisi, Muvaqqat ishlar vakili vazifasini bajarayotgan edi.

U 53 yoshda. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1995 yilda Toshkent shahridagi tijorat tuzilmalarida boshlagan. 1997 yilda Tashqi ishlar vazirligiga Shartnoma boshqarmasining attashesi lavozimiga ishga qabul qilingan, keyinroq boshqa bir qator boshqarmalarda turli lavozimlarda, jumladan, Tashqi ishlar vazirligining boshqarma boshlig‘i, shuningdek, Belgiya va Qirg‘izistondagi elchixonalarda, Shanxay hamkorlik tashkiloti ishlari bo‘yicha milliy koordinator sifatida ishlagan. O‘tgan yillar davomida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida, Toshkentdagi ShHT Xalq diplomatiyasi markazining birinchi direktori bo‘lgan hamda Senat a’zosi etib saylangan.

Belarusga tayinlanishidan oldin u tashqi ishlar vaziri maslahatchisi lavozimida ishlagan.

Rus, ingliz va fransuz tillarini biladi.

Eslatib o‘tamiz, Minsk shahridagi elchixona 2018 yilda ochilgan.

Rahmatulla Nazarov 2018–2021 yillarda elchixonani boshqargan Nosirjon Yusupov o‘rniga tayinlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring