Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning Bruneydagi elchisi Sultonga ishonch yorlig‘ini topshirdi

O‘zbekistonning Bruneydagi elchisi Sultonga ishonch yorlig‘ini topshirdi

O‘zbekistonning Bruneydagi elchisi Karomiddin Gadoyev Bruney Sultoni Hassanal Bolkiahga ishonch yorlig‘ini topshirdi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.

Tantanali marosimdan so‘ng bo‘lib o‘tgan muloqotda O‘zbekiston va Bruney o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Tashrif doirasida elchi Bruney tashqi ishlar vaziri Shahzoda Abdul Matiyn hamda ikkinchi tashqi ishlar vaziri Erivan Yusof bilan ham uchrashdi.

Muzokaralarda savdo-iqtisodiy, madaniy, ta’lim va turizm sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Ma’lumot uchun, Karomiddin Gadoyev 2023-yil noyabrdan buyon O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Uning Bruneydagi diplomatik vakolatxonasi qarorgohi ham Kuala-Lumpur shahrida joylashgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring