Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Dilmurod Islomov vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Dilmurod Islomov vafot etdi

Foto: Madaniyat vazirligi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, "O‘zbekiston doirachilari" jamoat birlashmasi raisi Dilmurod Islomov 71 yoshda vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar berdi

Dilmurod Islomov respublika “Zarb ko‘rik-tanlovi”ning va “Doirachilar festivali”ning asoschisi hisoblanadi. 

Shuningdek, doira ijrochiligi san’ati bo‘yicha 2014-yilda “Ustozlardan doira saboqlari” to‘plamini, 2015-yilda “Maxsus cholg‘u (doira usullari: ustozlar saboqlari)” o‘quv qo‘llanmasini, “Moziydan sado” monografiyasi va bir qancha ilmiy maqolalarni milliy va xorijiy jurnallarda chop etib, yosh ijrochilarni ustozlar merosidan xabardor etdi. 

Shu bilan birga, konsert dasturlari bilan 100 dan ortiq xorijiy mamlakatlarda bo‘lib, o‘zbek san’atini olamga tanitishga o‘z hissasini qo‘shdi. 

Xabar.uz Dilmurod Islomovning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring