Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekneftegaz» barcha AYoQShlarda mahalliy «Yevro–4» va «Yevro–5» dizeli yoqilg‘isini sotuvga chiqardi

«O‘zbekneftegaz» barcha AYoQShlarda mahalliy «Yevro–4» va «Yevro–5» dizeli yoqilg‘isini sotuvga chiqardi

«O‘zbekneftegaz» AJ tomonidan O‘zbekiston tarixida ilk marta «Yevro–4» va «Yevro–5» yuqori sifatli dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yganligi haqida xabar bergan edi.

«Yevro–4» va «Yevro–5» yoqilg‘isi dvigatel ishlash jarayonini yaxshilash, yemirilishni kamaytirish, zararli chiqindi gazlar miqdorini keskin kamaytirish va silindrlar ishlash davrini uzaytirish kabi afzalliklarga egadir.

Ushbu markadagi dizel yoqilg‘isi bugundan e’tiboran, «O‘zbekneftgaz» AJga qarashli «UNG Petro» korxonasining Avtomobillarga yoqilg‘i quyish stansiyalari orqali ham sotuvga ham chiqarildi.

Korxona chakana savdo orqali kunlik 60 tonna miqdoridagi «Yevro–4» va «Yevro–5» yoqilg‘isini sotishni rejalashtirgan.

Eslatib o‘tamizki, Buxoro neftni qayta ishlash zavodining bosqichma-bosqich modernizatsiya qilinishi natijasida va Fransiyaning «Axens« kompaniyasi mutaxassislari ishtirokida tegishli reaktorga yangi katalitik tizim o‘rnatilgan va 2020 yilning 30 mart kunidan «Yevro–4» va «Yevro–5» sinfidagi ekologik toza dizel yoqilg‘isini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan edi.

«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring