«O‘zbekneftgaz» Boshqaruvi raisi Muborak gazni qayta ishlash zavodida bo‘ldi

«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisi va Ishchi guruh a’zolari Muborak gazni qayta ishlash zavodiga tashrif buyurib, zavodda amalga oshiriladigan investitsion loyihalar, joriy va kapital ta’mirga to‘xtatilgan qurilmalarni ta’mirlash jarayoni, ishlab chiqarish ko‘rsatgichlari, manzilli dastur loyihalarni joylardagi ijrosi bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar bilan tanishdi.
Aholiga suyultirilgan gaz mahsulotlarini ko‘paytirish maqsadida, amalga oshiriladigan 2 ta investitsion loyiha doirasida modernizatsiya qilish va qurilish-montaj ishlari o‘rganildi.
Yangidan barpo etilayotgan 6-sonli elementar oltingugurt ajratib olish qurilmasida ma’lum muddat to‘xtab qolgan qurilish montaj ishlarini davom ettirish va tez fursatda to‘laqonli ishga tushirish bo‘yicha topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Investitsion loyihalarni ko‘zdan kechirilganidan so‘ng, Boshqaruv raisi va Ishchi guruh a’zolari zavod qurilmalarida olib borilayotgan ta’mir ishlarini joyiga borib ko‘rdilar va ushbu ta’mir ishlarini olib borayotgan zavod qoshidagi «Qurilish montaj va ta’mirlash boshqarmasi» UK ishchi xodimlari va rahbarlari bilan uchrashdilar. Ishlab chiqarishda texnologik jarayonlarni barqaror uzluksizligini ta’minlash – eng ustuvor vazifa ekanligiga alohida urg‘u berildi.
Shuningdek, «O‘zbekneftgaz» AJ tizimidagi boshqa korxonalarda xam «Qurilish montaj va ta’mirlash boshqarmasi» UK tashkil etish kerakligi ta’kidlab o‘tildi.
Muborak gazni qayta ishlash zavodining 2020 yildagi qurilish sohasidagi «Manzilli dasturi»ga 15 ta loyiha kiritilgan bo‘lib, bu yo‘nalishdagi ishlarni jadallashtirish kerakligi hamda zavodda raqamli boshqaruv tizimini joriy etish ishlarini «Buxoro NQIZ» MChJ bilan birgalikda amalga oshirishni tezlashtirish choralarini ko‘rish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Tashrif davomida zavod ishchi-xodimlarining yashash sharoitini yaxshilash, sifatli oziq-ovqatlar bilan ta’minlashga ham e’tibor qaratildi. Bor muammolarni bartaraf etish uchun tegishli mutasaddilarga topshiriq berildi.
«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter