«O‘zbekneftgaz»: Buxorodagi ishlamay turgan quduqdan yana gaz olina boshlandi

«O‘zbekneftgaz» AJ Gazli neft gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli «Kalta-kir» gaz konidagi ishlatilmayotgan quduqlar fondida turgan 8-sonli quduq to‘la ta’mirlanib, qayta ishga qo‘shildi.
Quduqda suv yo‘llarini yopish ishlari bajarilib, 1084-1081 metr intervallar oralig‘ida perforatsiya ishlari o‘tkazilgandan so‘ng, quduqni o‘zlashtirish natijasida sanoat miqyosida kunlik 70 ming kub metr gaz qazib olinishiga erishildi.
Ma’lumot uchun: «Kalta-kir» gaz koni Buxoro viloyatining Jondor tumanida joylashgan bo‘lib, 2006 yilda ishlatishga tushirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter