«O‘zbekneftgaz»: Buxorodagi yana bir gaz qudug‘i qayta ishga tushirildi

Gazli neft gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli «G‘arbiy Xakkul» gazkondensat konidagi 8-sonli quduqda to‘la ta’mirlash ishlari olib borildi.
Quduqda qatlam suvi kelishi ko‘payganligi sababli kunlik gaz qazib chiqarish umuman to‘xtagan edi. Ayni paytda unda suv yo‘llarini to‘sish ishlari amalga oshirilib, 2620-2627 metr intervallar oralig‘ida perforatsiya ishlari o‘tkazildi.
Natijada quduqdan bir sutkada 60-70 ming kub metrgacha sanoat miqyosida tabiiy gaz olinmoqda.
Ma’lumot uchun: «G‘arbiy Xakkul» gazkondensat koni Buxoro viloyatining Jondor tumanida joylashgan bo‘lib, 2017 yilda ishga tushirilgan.
«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter