Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekneftgaz»: «Doyaxotin» konida kunlik 100 ming kub metr tabiiy gaz va 1 tonna gaz kondensati olinadigan quduq o‘zlashtirildi (video)

«O‘zbekneftgaz»: «Doyaxotin» konida kunlik 100 ming kub metr tabiiy gaz va 1 tonna gaz kondensati olinadigan quduq o‘zlashtirildi (video)

Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli «Doyaxotin» gaz kondensat konidagi 95-sonli quduqda burg‘ilash ishlari tugatilib, 1954–1951 metr oraliqda perforatsiya ishlari olib borildi.

Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, quduqni o‘zlashtirish ishlaridan so‘ng, kunlik 100 ming kub metr sanoat miqyosidagi tabiiy gaz va 1 tonna gaz kondensati qazib chiqarilishiga erishildi. Bu haqda «O‘zbekneftgaz» AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.

«O‘zneftgaz burg‘ilash ishlari» MChJ tomonidan olib borilgan burg‘ilash ishlari tugatilib, hozirda ushbu quduq ustini jihozlash, uni gaz kollektoriga qo‘shish ishlari bajarilmoqda.

Alohida ta’kidlanishicha, ushbu quduq «O‘zbekneftgaz» AJning 2021 yilda o‘z kuchi bilan burg‘ilab ishga tushirishi ko‘zda tutilgan quduqdan biri hisoblanadi.

Ma’lumot uchun: «Doyaxotin» gaz kondensat koni Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida joylashgan bo‘lib, 2004 yilda ishga tushirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring