«O‘zbekneftgaz»: Fermerlarga yoqilg‘i tarqatish shoxobchalari mavsumga tayyor holatga keltirilmoqda

«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayevning topshirig‘i bilan «Fermerlarga yoqilg‘i tarqatish shoxobchalar»ining texnik va sanitariya holatini yaxshilash, tashqi ko‘rinishini talab darajasiga keltirish yuzasidan amaliy natijalarga erishilmoqda.
Jumladan, «Paxta neft bazasi» MChJga qarashli Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan 27-sonli «Fermerlarga yoqilg‘i tarqatish shoxobchalar» (FYoTSh)da qayta ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari olib borildi hamda xizmat ko‘rsatishdagi holati to‘liq o‘zgartirildi.
Eslatib o‘tamiz, «Paxta neft bazasi» MChJ tomonidan davlat ehtiyoji uchun paxta xom ashyosi va g‘alla yetishtiruvchi dehqon-fermer xo‘jaliklariga 12 ta FYoTSh orqali Chinoz, Yangiyo‘l, Oqqo‘rg‘on, Quyichirchiq, Zangiota va Toshkent tumanlarida joylashgan 3012 ta fermerga hamda 3ta tumanda joylashgan «Agroklaster»larga dizel yonilg‘isini, ularning ehtiyojlariga asosan uzluksiz yetkazib bermoqda.
«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter