«O‘zbekneftgaz» mahalliy tadbirkor va korxonalarga hamkorlik taklif qilmoqda

«O‘zbekneftgaz» AJ Boshqaruvi raisining topshirig‘iga ko‘ra neftgaz sanoati korxonalarining importdan qaramligi hajmini kamaytirish bo‘yicha manzilli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.
Salohiyatli ishlab chiqaruvchilarni yanada kengroq xabardor qilish, korxonananing importini mahalliylashtirish va tarmoqlararo kooperatsiya hisobiga izchil kamaytirish maqsadidi «Uz-Kor Gas Chemical» qo‘shma korxonasi rasmiy veb-saytida (www.uz-kor.com) mahalliylashtirish va import o‘rnini bosish masalalariga bag‘ishlangan alohida bo‘lim tashkil etildi.
Ushbu bo‘lim ichki bozorni o‘zlashtirishga qiziqishi mavjud bo‘lgan mahalliy tadbirkorlik sub’yektlariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda korxonaning 2020 yilda importdan xarid qilinadigan (300 xildan ortiq turdagi mahsulotlar) moddiy-texnik resurslariga bo‘lgan ehtiyoji hamda o‘zlashtirish uchun tavsiya etiladigan mahsulotlar haqida to‘liq ma’lumotlar joylashtiriladi.
Saytda mahsulotlar, butlovchi qismlar va materiallar bo‘yicha ma’lumotlar ularning texnik xarakteristikasi, hajmi va standartlari bo‘yicha barcha talablar ko‘rsatilgan holda to‘liq taqdim etiladi.
Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad — korxonada ishlab chiqariladigan mahsulot tannarxini kamaytirish, mahalliylashtirish darajasini oshirish hamda bugungi pandemiya sharoitida mahalliy tadbirkorlik sub’yektlariga zamonaviy neftkimyo sanoatining gigantlaridan biri bo‘lgan «Uz-Kor Gas Chemical» qo‘shma korxonasi ehtiyojlari uchun mahsulotlar yetkazib berish bo‘yicha kengroq imkoniyat yaratib berishdir.
Tadbirkorlik sub’yektlarida ko‘rsatilgan mahsulotlarni o‘zlashtirish va ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha savollar tug‘ilganda quyidagi telefon raqamlarga murojaat qilish mumkin: (998 61) 222-21-87, (998 61) 226-70-00 (998 78) 129-29-00, elektron pochta info@uz-kor.com). «Uz-Kor Gas Chemical» QK MChJning mutaxassislari tomonidan barcha savollarga javob beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter