«O‘zbekneftgaz»: «To‘maris» konidagi gaz qudug‘i ishga tushirildi

Gazli neft gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli «To‘maris» gazkondensat konidagi 12-sonli quduqda burg‘ulash ishlari tugatildi.
Ushbu quduqning 2036-2031 m intervallar oralig‘ida perforatsiya qilindi. Natijada quduqdan kunlik 200 ming kub metr sanoat miqyosida tabiiy gaz qazib chiqarilishiga erishildi.
Ma’lumot uchun: «To‘maris» gazkondensat koni Buxoro viloyatining Romitan tumanida joylashgan bo‘lib, 2019 yil dekabr oyida ishga tushirilgan.
«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter