O‘zbekning polvon qizi Olimpiada chempioni bo‘ldi
Argentina poytaxti Buenos-Ayres shahrida III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari davom etmoqda. Ushbu nufuzli musobaqada o‘zbekistonlik sportchilar ham ishtirok etishmoqda.
Milliy olimpiya qo‘mitasining xabar berishicha, qizlar o‘rtasida og‘ir atletika bo‘yicha -63 kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etgan Kumushxon Fayzullayeva O‘zbekiston terma jamoasiga oltin medalni taqdim etdi.
Hamyurtimiz dast ko‘tarishda 94kg, siltab ko‘tarishda esa 124kg, umumiy hisobda 218kg natija ko‘rsatib, barcha raqiblarini ortda qoldirgan holda oltin medal sohibasiga aylandi.
Bu O‘zbekiston terma jamoasi uchun Argentinadagi Olimpiya o‘yinlarida oltinchi medal hisoblanadi. Ularning 2tasi oltin, 2tasi kumush va yana 2tasi bronza medallaridir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter