«O‘zgidromet» jazirama issiq qaytishi mumkinligini xabar qildi
Gidrometeorologiya markazi ma’lumotlariga ko‘ra, kuzning sentyabr oyi dastlabki kunlari issiq keladi.
Xususan, 2-4-sentyabr kunlari havo harorati maksimumi respublikanining shimoliy va markaziy viloyatlarida +39 darajagacha, janubiy viloyatlarida esa +40 darajagacha issiqlikka ko‘tariladi.
Mintaqadan antitsiklonning chekinishi sabab G‘arbiy Yevropani uzoq muddat qizitgan, issiqroq havoning g‘arbdan asta kirib kelishi uchun sharoit yuzaga kelyapti.
Mazkur issiqroq havo to‘lqini 4-sentyabr kuni respublikaning sharqiy qismi vodiy viloyatlariga ham +37 darajalik issiqlikni taqdim etishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi haftalarda O‘zbekistonda biroz salqin va qulay ob-havo hukmron bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter