Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zgidromet» yaqin kunlarda kutilayotgan ob-havoni e’lon qildi

«O‘zgidromet» yaqin kunlarda kutilayotgan ob-havoni e’lon qildi

Foto: Xabar.uz

«O‘zgidromet» kelgusi 21-24-mart kunlari uchun ob-havo prognozini ma’lum qildi.

Aytilishicha, 22-24-mart kunlari havo harorati joylarda biroz ko‘tariladi.

21-mart kuni Qoraqalpog‘iston, Xorazm hamda Navoiy viloyati shimolida biroz qor yog‘ishi mumkin. Toshkent viloyati va tog‘li hududlarda ham yog‘ingarchiliklar bor. Shu kuni kechasi yuqori balandlikdagi siklon chekinishi hisobiga, joylarda havo harorati -0 -3 daraja sovuqgacha pasayishi mumkin.

22-mart kuni respublikaning ko‘plab hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat vodiy viloyatlari bundan mustasno.

23-mart kuni mamlakatimizda biroz haroratning pasayishi kutiladi. Respublikaning shimoliy hududlaridan tashqari barcha hududlarida yog‘ingarchilik bor.

24-mart kuni havo haroratining isishi kutiladi. Joylarda yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring