O‘zini Afg‘oniston rahbari deb e’lon qilgan shaxs uyidan 6,5 million dollar topildi

«Tolibon» harakati a’zolari Afg‘oniston vitse-prezidenti Amrulla Solihning uyidan 6,5 million dollar va oltin krujkalar topgan. Bu haqda afg‘onistonlik faol Muhammad Jalol o‘zining tvitterdagi sahifasida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu topilma «aysbergning faqat uchi»dir. Tintuv afg‘on xavfsizlik kuchlari operatsiyasi doirasida o‘tkazilgan. Barcha topilmalar huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan olib qo‘yilgan.
Shu yilning 8 sentyabr kuni Afg‘onistonning Tojikistondagi elchisi Zohir Akbar Amrulla Solihning Panjsherda ekanini va Afg‘oniston prezidenti lavozimini davom ettirayotganini ta’kidlagan.
Diplomat Solihning davlat rahbarining o‘rinbosari maqomi Afg‘oniston konstitutsiyasi bilan kafolatlanganini eslatib o‘tgan.
Amrulla Solih Panjshir qarshilik kuchlarining toliblarga qarshi kurashini qo‘llab -quvvatlagan. U sobiq rahbar Ashraf G‘ani mamlakatni tark etganidan so‘ng o‘zini Afg‘oniston prezidenti vazifasini bajaruvchi deb e’lon qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter