Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zmilliybank» Samarqandda aholiga sifatli xizmatlar taqdim etmoqda

«O‘zmilliybank» Samarqandda aholiga sifatli xizmatlar taqdim etmoqda

«O‘zmilliybank» AJ tomonidan Samarqand viloyatiga press-tur tashkil etildi. Ushbu sayohat doirasida OAV xodimlari bankning Samarqand viloyati filiali faoliyati bilan tanishdilar.

«O‘zmilliybank» AJ Samarqand viloyat filiali 1991 yil 7 sentyabrda tashkil topgan bo‘lib, shu kunga qadar Samarqand viloyatining turli hududlarida faoliyat yuritib kelmoqda. Jumladan, Urgut, Jomboy, Nurobod va Pastdarg‘om tumanlarida bankning 5 ta filiali xizmat ko‘rsatib kelayotgan bo‘lsa, Kattaqo‘rg‘on va Bulung‘ur tumanlarida 2 ta Bank xizmatlari ko‘rsatish markazlari esa aholiga sifatli bank xizmatlarini taqdim etmoqda.

Samarqand viloyatida xizmatlar ko‘rsatish sohasida yangi loyihalarni shakllantirish maqsadida, bank xodimlari tomonidan mahalliy hokimliklar bilan birgalikda har bir tuman va shahar hokimliklarida tashabbuskorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, xizmatlar ko‘rsatish sohasi bo‘yicha o‘quv-seminarlar va batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek tadbirkorlarning g‘oyalari bo‘yicha namunaviy biznes rejalar, bukletlar taqdim qilinib xizmatlar turlari bo‘yicha keng turdagi tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.

Filialda jami 426,8 mingta mijozlarga xizmat ko‘rsatiladi. Shundan 409,1 mingtasi jismoniy shaxslar va 17,7 mingtasi yuridik shaxslar hisoblanadi. Jismoniy shaxslarning jami depozit qo‘yilmalari 536,5 mlrd.so‘mni tashkil etadi. To‘lov plastik kartochkalaridan foydalanishda qulayliklar yaratish maqsadida joylarda 32 ta bankomat, 25 ta infokioska, 6739 ta savdo terminallari dislokatsiya qilingan.

Bundan tashqari, aholiga valyuta amaliyotlarida qulayliklar yaratish maqsadida shaxar hududida 9 ta valyuta ayirboshlash shaxobchasi va 24/7 rejimda xizmat ko‘rsatuvchi 6 ta avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash shaxobchasi (bankomat) shaxar va tuman fuqarolariga hamda tashrif buyurgan mehmonlarga xizmat ko‘rsatmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring