O‘zMUda O‘zbekiston va Belarus OTMlari o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirishga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
Belarus Respublikasi oliy ta’lim muassasalari rektorlaridan iborat delegatsiya O‘zbekiston Milliy universitetida bo‘ldi. Delegatsiya a’zolarini O‘zMU rektori Inom Madjidov kutib oldi.
O‘zbekiston Milliy universitetida O‘zbekiston va Belarus oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan davra suhbati o‘tkazildi. Mazkur davra suhbati dolzarb mavzular, xususan, qo‘shma ta’lim dasturlaridagi mavjud muammolar, zamonaviy muhandis kadrlar tayyorlash, ta’lim va ilmiy sohadagi boshqa manfaatli yo‘nalishlar muhokamasiga bag‘ishlandi.
Unda Belarus davlat informatika va radioelektronika universiteti rektori Vadim Bogush, Belarus davlat texnologiya universiteti rektori Igor Voytov, A.S. Pushkin nomidagi Brest davlat universiteti rektori Yuriy Golubev, Y. Kupala nomidagi Grodno davlat universiteti rektori Irina Kiturko, Belarus davlat qishloq xo‘jaligi akademiyasi rektori Vitaliy Velikanov, Polotsk Yevfrosin nomidagi Polotsk davlat universiteti rektori Yuriy Romanovskiy, Belarus milliy texnika universiteti rektori Sergey Xaritonchik ishtirok etdi.
Shuningdek, Belarus oliy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan ushbu xalqaro tadbirda respublikamizning 10 dan ortiq universitetlari rektorlari ham qatnashdi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Belarus oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida bir qator hamkorlik shartnomalari va bitimlar imzolandi. Jumladan, O‘zbekiston Milliy universiteti bilan Belarus davlat informatika va radioelektronika, shuningdek, Brest davlat universiteti, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti bilan Belarus davlat texnologiya universiteti, Namangan muhandislik-texnologiya instituti bilan Belarus davlat texnologiya universiteti, shuningdek, Belarus davlat informatika va radioyelektronika universiteti, Namangan davlat pedagogika instituti bilan Polosk davlat universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik shartnomalari, memorandumlar imzolandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter