«Ozodlik» radiosi vakillari O‘zbekistonga keldi
«Ozodlik» radiosi O‘zbekistonda rasman akkreditatsiyadan o‘tib, faoliyat boshlashi mumkin. Kecha, 31 may kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Asadjon Xo‘jayev «Ozod Yevropa radiosi / Ozodlik radiosi» media korporatsiyasi prezidenti Jeymi Flay va media-korporatsiya vakili Pahlavon Sodiq bilan uchrashgan.
Muloqot davomida tomonlar uchrashuvda o‘zaro mavjud masalalar, ularni hal etish yo‘llari, shu jumladan, «Ozodlik radiosi» tahririyati tomonidan tayyorlanayotgan va chop etilayotgan materiallarning O‘zbekiston qonunchiligi va jurnalist etikasi me’yorlariga mos kelishi yuzasidan fikr almashishgan.
Shuningdek, «Ozod Yevropa radiosi / Ozodlik radiosi» media korporatsiyasi vakillarini O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tkazish masalasi ham ko‘rib chiqilgan. Ammo akkreditatsiya bilan bog‘liq masalalar muhokamasi keyingi uchrashuvlarga qoldirilgan.
Bundan tashqari, bugun, 1 iyun kuni Mass-mediani qo‘llab-quvvatlash fondi vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov ham «Ozodlik» vakillari bilan uchrashgan. Uchrashuv tafsiloti ochiqlanmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter