Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pandemiya boshlangandan beri 10 mln kishi koronavirusdan tuzaldi

Pandemiya boshlangandan beri 10 mln kishi koronavirusdan tuzaldi

Foto: «Progorodnsk.ru»

COVID-19 koronavirus pandemiyasi boshlangandan beri butun dunyo bo‘yicha u bilan bog‘liq kasalliklardan 10 mln 064 ming 542 kishi tuzaldi. Bu haqda «Worldometer» portalida ma’lumot berilgan.

Shu bilan birga, jahondagi muhim voqealar bilan bog‘liq statistik ma’lumotlarni to‘plashga ixtisoslashgan portalning xabariga ko‘ra, bugun, ya’ni 27-iyul kuni Toshkent vaqti bilan 14:30 holatiga ko‘ra, infeksiya qurbonlari soni 652 ming 602 kishiga, umumiy kasallanganlar soni esa 16 mln 441 ming 814 kishiga yetdi.

Virus tufayli o‘lim darajasi sayyoramizning har 1 mln aholisiga 83,7 kishiga to‘g‘ri keladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring