100 mlrd so‘mdan ortiq paxta tolasini birja savdolarisiz sotgan kompaniyaga chora ko‘rildi
Raqobat qo‘mitasining Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan olib borilgan o‘rganishlar natijasida «WHITE GOLD KLASTER» MChJ tomonidan paxta tolasini birja savdolarisiz to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar asosida sotish holatlari aniqlandi.
Ma’lum qilinishicha, korxona 104 milliard so‘mlik 5 ming tonnadan ortiq paxta tolasi mahsulotini belgilangan tartibga zid ravishda birja savdolarisiz realizatsiya qilgan.
Shuningdek, mazkur mahsulot narxlari birja savdolarida shakllangan o‘rtacha kotirovka narxlari bilan taqqoslanganda yuqori qo‘llangani, buning natijasida korxona 700 million so‘mdan ortiq asossiz daromad olgani aniqlangan.
Aniqlangan holatlar yuzasidan hududiy boshqarma Maxsus komissiyasi tomonidan «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonunning 29-moddasi hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 18-martdagi 170-son qarori talablari buzilgani alomatlari bilan «WHITE GOLD KLASTER» MChJga nisbatan ish qo‘zg‘atildi.
Ishni ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha korxonaga nisbatan belgilangan tartibda moliyaviy jarima qo‘llanildi.
Shu bilan birga, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter