Payariqda tadbirkor 548,5 mln so‘mlik firibgarlik qurboniga aylandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Payariq tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruvda o‘tkazilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro T.M. va boshqalar tumandagi «D.» MChJ hamda «M» oilaviy korxonasini boshqargan davrida, Toshkent shahridagi «D.» va «P.» MChJlar hamda «E.» xususiy korxonasining 548,5 mln so‘mlik mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari, shuningdek fuqaro Sh.ning ishonchiga kirib, uning nomiga yuqoridagi sub’yektlardan 171 mln so‘mlik mebel jihozlarini qabul qilib olganligi to‘g‘risida hujjatlarni rasmiylashtirib, mahsulotlar sotuvidan tushgan naqd pul mablag‘larini bank muassasasiga topshirmasdan savdo qoidalarini buzganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 189-moddasi (savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter