payme plus obunasida yangi «Asosiy» tarif paydo bo‘ladi

Yangi tarifda kirim chiqim nazorati, keyinroq to‘lov va firibgarlik holatlarida yordam mavjud. Ayniqsa, so‘nggisi foydali bo‘lishi mumkin — kutilmagan vaziyatda pulingiz yo‘qolib qolsa, xizmat yo‘qotishning hammasini yoki bir qismini qoplaydi. Albatta, payme operatsiyalaringizni ishonchli himoya qiladi, lekin hayotda turli holatlar bo‘lishi mumkin — shoshilib xatoga yo‘l qo‘yish yoki firibgarning tuzog‘iga tushib qolish ehtimoli bor. Ana shunday vaziyatlarda, firibgarlik holatlarida yordam yo‘qotilgan mablag‘ni to‘liq yoki qisman qoplab beradi. Yillik limit — 5 mln so‘mgacha.
«Asosiy» tarifi o‘zini har qanday sharoitda xotirjam va ishonchli his qilmoqchi bo‘lganlarga mos keladi. Narxi hamyonbop — oyiga 19 900 so‘m.
To‘liq imkoniyatlar paketi kerak bo‘lganlar uchun esa payme plus’ning «Hammasi kiritilgan» tarifi mavjud. Unda ham firibgarlik holatlarida yordam paydo bo‘ladi va limit xuddi shunday — 5 mln so‘mgacha.
O‘zgarishlar 13 oktyabrdan kuchga kiradi. Batafsil ma’lumot — havolada. Aloqa markazi: 1150.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter