Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

payme’da avgust — yanada ko‘proq individual shartlar

payme’da avgust — yanada ko‘proq individual shartlar

payme foydalanuvchilar uchun kundalik to‘lovlarni yanada qulayroq qilishda davom etmoqda. Avgust oyida ilovada yangi funksiyalar ishga tushadi. Ushbu funksiyalar foydalanuvchilarning ehtiyojlarini yanada chuqurroq tushunishga va kelajakda servisni yanada barqaror qilishga yordam beradi.

Uzoq kutilgan keshbek va obuna uchun chegirma

Endi payme plus obunasining “Hammasi ichida” tarifida payme ilovasi orqali tovar va xizmatlar uchun to‘lov qilganda 1% keshbek qaytariladi. Keshbek avtomatik tarzda hisoblanadi. Bundan tashqari, obuna 5 million so‘mgacha komissiyasiz pul o‘tkazmalari, keyinroq to‘lash xizmati, Yandex Plus, Setanta Sports va xarajatlar monitoringini o‘z ichiga oladi. Eng asosiysi — endi “Hammasi ichida” tarifiga oyiga 29 990 so‘m evaziga obuna bo‘lish mumkin (ilgari 44 990 so‘m bo‘lgan), sinov oyi esa bepul. Bir oyda 300 000 so‘mgacha keshbek yig‘ish mumkin — bu obuna narxidan 10 barobar ko‘p.

payme people yangiliklari

Keshbek joriy etilgach, payme people sodiqlik dasturi yakunlanadi. 2025 yil 12 avgustdan ballar yig‘ish to‘xtatiladi, ammo ilgari yig‘ilgan ballar saqlanib qoladi va payme people bo‘limida cheklovlarsiz foydalanish mumkin bo‘ladi.

Keyinroq to‘lash xizmatida o‘zgarishlar

Endilikda payme orqali keyinroq to‘lash xizmatining maksimal summasi 500 000 so‘mga yetkazildi. Unga doir hisob-kitobni amalga oshirish esa yanada moslashuvchan bo‘ldi. Qarzdorlik yuzaga kelmasligi uchun to‘lov akkauntga ulangan istalgan kartadagi mablag‘ orqali qoplanishi mumkin. Agar kartada mablag‘ yetarli bo‘lmasa, shu foydalanuvchiga tegishli boshqa tasdiqlangan akkauntlardagi kartalardan yechib olinishi mumkin.

Shuningdek, o‘tkazmalarda narx belgilashning yangilangan modeli test rejimida joriy qilinadi. Batafsil ma’lumot — payme.uz saytida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring